TerDU talabalari Ozarbayjonda

Date:

Ta’lim tizimidagi islohotlar, tajriba almashish malakali kadrlarni yetishtirishga zamin hozirlaydi. Shu sababdan ham doimiy izlanish olib borish, yangilik yaratish va tizimda jahon standartlariga moslashish zaruratga aylangan. Termiz davlat universitetining bir guruh talablaridan iborat delegatsiya ta’lim tizimi bilan tanishish, tajriba almashish maqsadida Ozarbayjon Respublikasiga yo‘l olishdi.

Avval Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan tanishgan delegatsiya a’zolari talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganilshdi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Keying tashrif Boku davlat universiteti bo‘ldi. Oliygoh o‘zbekistonlik ta’lim fidoyilari hamda talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Keyingi yillarda davlatlarimizning ta’lim sohasidagi aloqalari yanada rivojlanib, yangi bosqichda davom etayotir. Tili, milliy qadriyat va madaniyati bir-biriga yaqin, dini bir xalqlarining o‘zaro qardoshlik, hamkorlik aloqalari esa uzoq o‘tmishga borib taqaladi.

O‘tgan yili Termiz davlat universitetida Ozarbayjon shoirasi Xurshidbonu Notavon markazi ochilgani ham ikki davlat adabiy aloqalarining yanada rivojlanib borayotganiga yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur markaz yoshlarni xalqlarimizning eng nodir, eng noyob adabiy-badiiy asarlari bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qilayotir. Bunday qardoshlik aloqalarini bugungi ijodkorlar o‘rtasida keng yo‘lga qo‘yish uchun universitetda Ozarbayjon–O‘zbekiston adabiy-badiiy do‘stlik kengashi tashkil etildi.
Tashrif davomida do‘st mamlakatning ta’lim tizimi, professor o‘qituvchilari va talabalari bilan yaqindan tanishildi. Hamkorlikda adabiy-badiiy kechalar, o‘zbek va ozarbayjon adabiyot namoyandalarining kitoblar ko‘rgazmasi barchada ajoyib taassurot qoldirdi. Kelgusida ilmiy, adabiy va madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, davlatlarimizning ta’lim tizimidagi hamkorligini mustahkamlash, talabalar almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun