Yaponiyalik yozuvchi Shimpey Ito Surxondaryoga tashrif buyurdi

Date:

Dunyo ahlini o‘ziga ohanrobek chorlayotgan, qadimda buddaviylik o‘chog‘i sifatida ko‘plab sayyohlarning e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgan vohaning ko‘z-ko‘z qilgulik, dunyoga tarannum etgulik jihatlari bisyor. Yaponiyaning “Globe-Trotter Travel Guidebook” sayyohlik qo‘llanmasi nashriyoti muharriri va yozuvchisi Shimpey Ito vohamizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxon vohasiga tashrif buyurdi.

Janob Shimpey Ito eng avvalo, Termiz tumanidagi buddaviylik qadamjolari bo‘lmish Qoratepa va Fayoztepa majmualariga yo‘l oldi. Ushbu yodgorliklarni Globe-Trotter Travel Guidebook” xalqaro sayyohlik qo‘llanmasida yoritish uchun yaqindan tanishdi, mutaxassislarning fikriga quloq tutib, qimmatli ma’lumotlarni qog‘ozga qoraladi va suratga oldi.
Shundan keyin yozuvchining yo‘li Termiz shahriga ulandi va Termiz Arxeologiya muzeyi hamda diqqatga sazovor joylar bilan tanishdi. Bu tanishuv yozuvchi sayyoh uchun katta taassurotlar qoldirgan bo‘lsa, yurtimizning yangi qirralarini dunyo ommasiga oshkor etsa, sayyohlar qiziqishini oshirib, turizm sohasida yangi sahifani ochib berishini kutib va kuzatib qolamiz.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun