Munosib rag‘bat…

Date:

Bir insonning mushkulini oson qilish eng katta savob aslida. Hududlarda ishsiz xotin-qizlarni ish bilan band qilishda, o‘z yo‘llarini topishda tashabbus ko‘rsatayotgan, oilasida munosib sharoit yaratishlarida imkoniyat berayotganlarning xizmati tahsinga sazovor.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etishda namuna ko‘rsatgan mas’ullarning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov esa ana shunday jonbozlik ko‘rsatib faoliyat yuritgan soha xodimlarini rag‘batlantirish va minnatdorchilik bildirishning eng yaxshi fursati bo‘ldi.
Tanlovda “Eng yaxshi sektor rahbari” nominatsiyasida Sherobod tumani prokurori, tuman 2-sektor rahbari B.Yunusov faxrli 3-o‘rinni, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” nominatsiyasida Sherobod tumanidagi “Katta bog‘” mahallasi xotin-qizlar faoli G.Bo‘ronova faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik tadbir g‘oliblarini ruhlantirishi, yanada fidoyilik ila mehnat qilishga kuch berishi aniq.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

USTOZ — MA’NAVIYAT CHIROG‘I

Jamiyat taraqqiyoti, xalqning ertangi kuni va millatning ma’naviy kamoloti,...

Beparvolik kechirilmaydi

Bugungi globallashuv jarayonida ekologik muammolar tobora keskinlashib bormoqda. Atrof-muhit...

“Muharrir” klubi —so‘z va tafakkur maktabi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va...

Huquqiy muvozanat

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda sud tizimining o‘rni beqiyosdir....
KunTun
KunTun