VELOMARAFON MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Date:

Velosipedda sayr qilishga odatlanish sog‘lik uchun kon-u foyda. Birinchidan toza havodan bahri dilingiz yayrasa, velosipedni boshqarib, oyog‘ingiz, butun tanangiz harakatlanadi va qon yurishishni boshlaydi.

Chiniqasiz, sog‘lom turmush tarzi yo‘ldoshingiz bo‘ladi. Ortiqcha vazn haqida esa qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. Ayni jihatlarni inobatga olgan Oila va xotin-qizlar bo‘limining mutaxassislari 15-oktabr “Xalqaro qishloq ayollar kuni” munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanida velosport bo‘yicha marafon tashkil etdi.

Erta tongdan boshlangan velomarafonga ko‘ngilli xotin-qizlarning 20 dan ortig‘i ishtirok etdi. Velosiped boshqarishdan zavq olgan ishtirokchilar marraga yetib borish uchun intildilar. Marafon ko‘taringi ruhda o‘tdi.
G‘oliblarga faxriy yorliq va edalik sovg‘alari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻl qoidasini buzsa, qimmatga tushadi

Özbekistonda yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş va xavfli qoidabuzarliklarning oldini...

JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Bolaning sog‘lom ulg‘ayishi, ta’lim olishi va har tomonlama kamol...

NURONIYLAR SABOG‘I — YOSHLAR UCHUN IBRAT

Jarqo‘rg‘on tumanidagi harbiy qism madaniyat uyida «Uch avlod uchrashuvi»...

172 TA MUROJAAT KO‘RIB CHIQILDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan fuqarolar va tadbirkorlar...
KunTun
KunTun