Qizg‘in raqobat ila…

Date:

Paxta fermer-u terimchiga rizq-ro‘z, baraka keltiradi. Oq oltinning bir tolasini ham nest-nobut qilmay terib olish maqsadida ayni paytda paxta dalalarida terim mavsumi qizg‘in tus olgan.

Qiziriq tumanidagi “Surxon cotton textile cluster” MChJ tomonidan paxta yetishtirilgan dala maydonlarida ham yig‘im-terim ishlari avjida. Dalada terimchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Toza ichimlik suvi deysizmi, tushlikda issiq ovqat deysizmi, barchasi o‘z vaqtida badastir. Talab etilayotgani esa toza va sifatli oq paxtani yig‘ishtirib olish.

Qiyg‘os ochilgan paxtalarni terayotgan terimchilar zavq bilan 100 kilogramdan oshirib terayotgani eshitgan quloqni hayratlantiradi. Har besh kunda tergan paxtalarining haqini olayotganlari ish unumini oshirishga, paxtakorlarning dalada javlon urib mehnat qilishiga ilhom bag‘ishlayotgani rost. Qolaversa, ilg‘or terimchilarning qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirilib, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanayotgani dalalarda qizg‘in raqobat muhitini ug‘otgan. Bundan, albatta, ish unumi oshadi va belgilangan rejani muddatidan oldin bajarishga imkoniyat tug‘diradi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun