Munosiblar taqdirlandi

Date:

Farzandlarimizni bog‘chaga navbatga qo‘yishdan avval, muassasalardagi tarbiyachi-pedagoglar haqida bir-bir qiziqib ko‘ramiz. O‘z navbatida ota-ona sifatida ularga qo‘yadigan talablarimiz bor. Ayni shu talablarga javob bera oladigan mutaxassisgagina farzandlarimizni kun davomida ishonib topshiramiz va munosib ta’lim-tarbiyani olishiga, vaqtini mazmunli o‘tkazishiga ishonamiz.

Ha, tarbiyachi eng avvalo, yaxshigina psixolog bo‘lishi, bolaning ruhiyatidan kelib chiqib munosabatda bo‘lishi, uni u yoki bu narsaga qiziqtira olishi kerak. Tarbiyachi ijodkor bo‘lsa, o‘z iqtidorini bolalarga ham yuqtira oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ana shunday mezonlarga javob bera oladigan yosh ijodkor, iste’dodli va o‘z ishiga sidqidildan yondashayotgan tarbiyachilarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Sho‘rchi tumanida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi—2022” kasbiy ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlov davomida mohir va tashabbuskor tarbiyachilar “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”, “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Albatta, bunday tanlovlar tarbiyachilarning o‘z mahoratlarini namoyish etishlari, o‘z so‘zlarini aytishlari uchun bir maydon, imkoniyat minbari bo‘ldi deyish mumkin. Tarbiyachilar har bir shart orqali ishga yondashuvini, bolalarni nechog‘lik sevishi-yu, ularni o‘ziga jalb etish uchun qanday metodlardan foydalanishlarini amalda ko‘rsatib berdilar.
Tanlov yakunida g‘oliblar munosib taqdirlandi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Endi tibbiyot talabalari inson omilisiz imtihon topshiradi

“Super kontrakt” tibbiyot yo‘nalishida ham joriy etilgani, qolaversa, xususiy...

«Ishonchli qabul» armiya o‘yinlari: ikkinchi bosqich start oldi

Ishda ham, hayotda ham doimo g‘olib bo‘lish uchun intilamiz,...

Gran-pri turnirida…

E’tirof etish joizki, sportchilarimiz tinib-tinchiyotgani yo‘q, turli nufuzli musobaqalarda...

“Tez yordam”ga 25 ta “Volkswagen”

Bugungi kunda aholi salomatligiga e’tibor kuchaygan. Buni joylarda birinchi...
KunTun
KunTun