Mardlar maydonda sinaldi…

Date:

Er yigitning bilagidagi kuchi maydonda sinaladi. Belbog‘ini mahkamlab, halol kurashga chog‘langan ham, tosh ko‘tarib kuch-quvvatini ko‘rsatgan ham maqsad qildimi, yuzini yorug‘ qilmay ortga chekinmaydi. Qisqa muddatlarda raqibiga qarshi maxsus texnika va zarba usullari yordamida o‘z jismoniy kuchidan mohirona foydalanish orqali qo‘l jangidagi mahoratini namoyish etish ham mardning ishi. Muhimi kurashish, muvaffaqiyat va ustunlikka erishish. Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning ayni shu turlari bo‘yicha okrug musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

10 dan ortiq harbiiy qism va muassasalar nomini himoya qilish maqsadida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar or uchun maydonga tushdilar. Musobaqada sportchilar o‘z jismoniy mahoratini sinovdan o‘tkazdilar. Kuchlilar, doimiy tayyorgarlik asosida tanini chiniqtirganlar ustunligi yaqqol ko‘zga tashlandi.

Musobaqani okrug qo‘shinlari qo‘mondonining tegishli buyrug‘i bilan tayinlangan hakamlar hay’ati a’zolari kuzatib, baholab bordilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra Termiz garnizoni harbiy xizmatchilari uch bosqichda ham o‘z ustunliklarini namoyish etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladilar.

G‘oliblar harbiy qismda tantanali kutib olindi va harbiy qism qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hilol

Oldingi sahifaBir maqsad sari…
Keyingi sahifaQizg‘in raqobat ila…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun