Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Date:

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratmoqda. Biroq virtual makonda tarqatilayotgan barcha ma’lumotlar ham xavfsiz emas. Ayniqsa, ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi materiallarni yuklab olish, saqlash yoki boshqalarga tarqatish qonuniy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Bunga Surxondaryo viloyatida aniqlangan holat misol bo‘la oladi. Fuqaro X.A. hamda oliygoh talabasi A.S. internet tarmoqlarida tarqatilayotgan ekstremistik mazmundagi diniy materiallarni o‘z telefonlariga yuklab olib, boshqa shaxslarga ham tarqatgan. Mazkur holat yuzasidan fuqarolar qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud qaroriga muvofiq, ularga jarima jazosi tayinlanib, huquqbuzarlik sodir etishda foydalanilgan smartfonlar musodara qilindi.

Bu holat internetdan foydalanuvchilar uchun muhim ogohlantirishdir. Chunki qonunga zid materiallarni tarqatish «shunchaki yubordim» yoki «oqibatini bilmagan edim» kabi vajlar bilan oqlanmaydi. Virtual makonda ham har bir harakat qonuniy baholanadi va uning uchun javobgarlik mavjud.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun