Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurib, oliygohning moddiy-texnik bazasi hamda infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Dastlab universitet hududida barpo etilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishining borishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud laboratoriyalar va ularning ilmiy-ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari o‘rganildi.
Ayni paytda universitetda ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qilayotgan 48 ta laboratoriya faoliyat yuritmoqda. Oliy ta’lim muassasasida 6 ta fakultet, 20 ta kafedra mavjud bo‘lib, 56 ta bakalavriat yo‘nalishi va 25 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 9 269 nafar talaba tahsil olmoqda.
Tashrif davomida universitet infratuzilmasini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

