Toshkent shahridagi Central Asian University (CAU)da “Kelajak tibbiyoti – 2026” (Medicine of the Future – 2026) III xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 103 ta jamoa, jami 500 nafardan ortiq talaba bilim va kasbiy mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Quvonarlisi, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi ham xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.
Olimpiada doirasida ishtirokchilar uchun bilim va tajriba almashish, kasbiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etish imkoniyati yaratildi. Tanlovning yuqori o‘rinlarini egallagan jamoalar uchun esa 50 mingdan 70 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan maxsus mukofotlar belgilangan edi.

