Termiz tumanidan 50 nafar nuroniy otaxon va onaxon Samarqand shahrining tarixiy obidalari va qadamjolarini ziyorat qilish uchun ikki kunlik sayohatga yo‘l oldi.
Safar oldidan tuman hokimligi tadbirlar maydonida kuzatuv marosimi tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Farrux Abjalov nuroniylar bilan suhbatlashib, ularga mazmunli sayohat va xayrli yo‘l tiladi.
Nuroniylar keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, yurt tinchligi va xalq farovonligini tilab duo qildilar.
Sayohat davomida nuroniylar Samarqandning tarixiy qadamjolari va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishadi. Ularga tibbiyot xodimlari hamrohlik qiladi. Yo‘l va turar joy xarajatlari «Nuroniylar» jamg‘armasi hisobidan qoplab berilgan.

