Termiz iqtisodiyot va servis universitetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida A3ES xalqaro akkreditatsiyasi, uning ta’lim sifatini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Portugaliyaning Oliy ta’limni baholash va akkreditatsiyadan o‘tkazish agentligi — A3ES faoliyati, xalqaro akkreditatsiya talablari hamda Yevropa oliy ta’lim hududining sifat standartlari (ESG) haqida ma’lumot berildi.Tadbirda ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ichki sifat nazoratini kuchaytirish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar universitetda ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

