Termiz olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga UFC chempioni Islom Maxachevning akasi Kurbanismail Maxachev tashrif buyurdi.
Mehmon markaz faoliyati, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, yosh sportchilar bilan uchrashib, yuksak natijalarga erishishda tinimsiz mehnat, qat’iyat va intizomning ahamiyati haqida suhbatlashdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda g‘alabaga intilish va xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishga xizmat qiladi.

