Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Date:

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan “Tibbiy kvest” xalqaro talabalar olimpiadasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi va sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, “Akusherlik” yo‘nalishida qatnashgan Qahhorova Bahor, Xolmatova Dilinur va Jabborov Sardordan iborat jamoa birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, filial jamoasi “Medical Quest” jamoaviy bahsida uchinchi o‘rinni egalladi. Umumjamoa hisobida ham uchinchi natijani qayd etib, xalqaro olimpiadani uchta sovrinli natija bilan yakunladi. Bu natijalar bo‘lajak shifokorlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini xalqaro miqyosda namoyish etish imkonini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun