Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Nufuzli musobaqada Jarqo‘rg‘on tumani vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki oltin, bir kumush va bir bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Musobaqada Mamadaminov Fozil va Abdullayeva Charos o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston chempioni bo‘lishdi. Eshpo‘latova Nodira kumush, Xolmurodova Muxlisa esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Yosh polvonlarning ushbu natijalari Jarqo‘rg‘on tumanida sportga bo‘lgan qiziqish va yosh iste’dodlarning salohiyatini namoyon etadi.

