Xotin-qizlar tadbirkorlikka o‘qitilmoqda

Date:

Bugungi kunda viloyatimizda ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha viloyatimizning “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasbga o‘qitish maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Qumqo‘rg‘on tumanida ham joriy yilda “Nurli diyor”, “Jaloir” va “Yangi shahar” mahalla fuqarolari yig‘inlaridan 99 nafar tinglovchi kasb o‘rganib, bepul ta’lim oldi.
Tashkil etilgan o‘quv kurslarda tinglovchilarga biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyat hududiy filiali tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va olib borish, biznes g‘oya, tashkiliy va hujjat yuritish, kredit va kredit liniyalari, soliq va buxgalteriya hisobi, eksport va import operatsiyalari, IT informatsion texnologiyalaridan foydalanish hamda hokim yordamchilari tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi doirasida beriladigan kreditlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Ushbu o‘quv jarayonlarini tashkillashtirishda tumandagi “Nurli diyor” mahallasi hokim yordamchisi Q.Mamatqulov tashabbus ko‘rsatdi. Aytish kerakki, tinglovchilar kurslarni tamomlagach, sertifikat sohibiga aylanib, imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
O‘quv kurslari yakunida har bir tinglovchi tomonidan biznes-reja taqdimotlari o‘tkazilib o‘rnatilgan tartibda test topshirildi va testdan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etildi.

I.Qodirov,
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo
viloyat hududiy filiali bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun