“San’atkor, shoir va yozuvchilarning tashrifi voha ahlining ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi”

Date:

Nafaqat rahbarlar kursidan uzoqda xalq bilan hamnafas ishlashi kerak, balki ijod ahli, shoir-u san’atkorlar, so‘z ustalari ham odamlar ichiga kirib borishi, ularning dard-u tashvishini, quvonchini, muammo va ko‘nglidagi og‘riqlarini ko‘rishi, anglashi, his etishi kerak. Aks holda adabiyot ham, san’at ham asl mohiyatdan uzoqlashib ketadi. Jonlilik, his-tuyg‘u yo‘qoladi. Bu sohaning tanazzulidek gap. Surxondaryoga ana shunday bir guruh san’atkor, shoir va yozuvchilarning tashrifi voha ahlining ko‘nglini tog‘dek ko‘tardi.

Ajib “Madaniyat karvoni”ning yo‘lga tushgani tom ma’nodagi Ma’naviyat festivaliga ulanib ketdi.
Termiz shahridagi muhtasham san’at saroyi… talaba-yoshlar, ustoz-pedagoglar, keng jamoatchilik vakillari bilan to‘lgan. Bayram tantanalari boshlanishini tahmin qilayotgan tomoshabinlar ko‘z o‘ngida poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh olim va shoirlar, xalq suygan qo‘shiqchi san’atkorlar, teatr va kino arboblarining birma-bir kirib kelishi kutilmagan tuhfa bo‘ldi. Mehmonlar so‘ngsiz olqishlar ila kutib olindi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbir ana shunday ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Ana shunday tadbirlar doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida chop etilgan “O‘zbekiston qahramonlari” kitob-albomining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida chop etilgan “O‘zbekiston qahramonlari” kitob-albomi millatimiz qahramonlariga ehtirom sifatida yaratildi.
Kitobda hayotning turli sinovlariga qaramay, sabot bilan mehnat qilib, xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, san’at va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta bo‘lgan zamondoshimizning umr yo‘llari aks etadi.

Ushbu kitobning taqdimoti bilan boshlangan tadbirni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov ochib berdi.

Kitob-albom O‘zbekiston qahramonlari va ularning oila a’zolariga tantanali ravishda topshirildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Dilfuza Raximova, Iroda Iskandarova, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi Surayyo Qosimovalar o‘zlarining diltortar qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarni shox-shodon raqsga chorladilar.

Sahnaga O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim chiqqanida shoir nutqi barchani o‘ylashga, mushohada qilishga chorladi. Ayniqsa, Yomg‘ir haqidagi ballada she’rini talaba-yoshlar birgalikda aytishdi.
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Gavhar Zokirovaning nutqi esa o‘tirganlarni jonlantirib yubordi. Surxon ahliga qilingan ehtiromdan barcha ruhlandi, quvondi.

Faxriy jamoatchi, xalqaro toifadagi notiqlik bo‘yicha trener, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova esa sahnaga chiqar ekan, Termiziylar avlodiga, Termiziy bobolar bilimi, boy merosiga, qizlar akademiyasi davomchilariga o‘z salomini aytib, yoshlarni bugungi shiddatkor zaomda uyg‘oqlikka chorladi. Professor ayolning fikrlari yoshlarga haqiqiy motivatsiya berdi.

Ushbu “Madaniyat karvoni” voha bo‘ylab o‘z tashrifini davom ettiradi. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari orqali surxondaryoliklarga madaniy-estetik kayfiyat ulashadi.

Sayyora Allayeva,
Naimullo Muhibulloyev,
(foto)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan...

Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

Inson evolyutsiyasi har doim qizg‘in bahslarga sabab bo‘lib kelgan....

Cho‘lponning yangi topilgan asari nashr etildi

Ma’rifatparvar bobolarimizning ijodiy merosi, ayniqsa, hali adabiy jamoatchilikka noma’lum...

Bayrog‘imiz jahon sahnasida

Chempionat va kurashlarda polvonlar yurtidan nomzodlar ishtirok etsa, sportchilarning...
KunTun
KunTun