M-41 bo‘yida qulayliklar yaratiladi

Date:

Yo‘l infratuzilmasi nafaqat transport harakati, balki hududning obodligi va aholi uchun yaratilgan qulayliklarni ham namoyon etadi. Shu jihatdan M-41 avtomagistrali bo‘yida piyodalar va velosipedchilar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish hamda yashil hududlarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘tgan hafta Termiz tumanidagi o‘rganishlari davomida “Sh. Rashidov”, “Quyoshli yurt” va “Termiz” mahallalari hududidan o‘tuvchi M-41 avtomagistrali bo‘ylab piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish, hududni obodonlashtirish yuzasidan mas’ullarga qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Bugun viloyat rahbari mazkur topshiriqlar ijrosini joyida ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida yo‘nalish bo‘ylab amalga oshirilayotgan ishlar, piyoda va velosipedchilar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l yoqalarini tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yakunda tuman hokimi va mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli hamda o‘z vaqtida bajarish, ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirish va avtomagistral bo‘yidagi hududlarning obod qiyofasini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun