Merganlar mahorati sinovdan oʻtdi

Date:

Termiz shahrida kichik o‘smirlar o‘rtasida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Uch kun davom etgan bellashuvlarda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan o‘smir o‘g‘il-qizlar g‘oliblik uchun bahslashib, o‘z mahorati va merganlik qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Umumjamoa hisobida Farg‘ona viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Surxondaryo va Samarqand viloyatlari jamoalari ikkinchi, Sirdaryo viloyati jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga kubok, medallar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun