Denov tumanining So‘fi Olloyor mahallasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning yangi bank xizmatlari markazi ochildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Anvar Normamatov ishtirok etdi.
Markazda aholi va tadbirkorlar uchun omonat va kreditlarni rasmiylashtirish, to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, bank hisobvaraqlarini ochish hamda biznes loyihalarini moliyalashtirish xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Yangi markaz aholiga bank xizmatlaridan qulay foydalanish, tadbirkorlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

