Termiz shahridagi Yoshlar markazida Respublika ishchi guruhi a’zolari va Front-ofis volontyorlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Front-ofislar faoliyatini samarali tashkil etish, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ish jarayonida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, faoliyat samaradorligini oshirish va hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar asosida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

