Xorijdagi tajribadan voha taraqqiyotigacha

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida vohadagi oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalari hamda Koreyada tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan vohadosh yoshlar bilan ochiq onlayn muloqot qildi.

Muloqotda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov, Koreyaning Sejong universiteti professori Otabek Jo‘rayev va xorijda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Suhbatda Surxondaryo yoshlarining Koreya, Xitoy, Yaponiya va Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishini kengaytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ilg‘or bilim va tajribalarni vohaga olib kirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, hudud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, koreyalik ishbilarmonlar va malakali mutaxassislarni Surxondaryoga jalb etish masalalari ham muhokama qilindi. Bildirilgan tashabbuslar viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha fikr almashildi.

Xorijda ta’lim olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar esa egallayotgan bilim va tajribalarini Surxondaryo taraqqiyotiga yo‘naltirish, yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun