Tadorik boshlandi

Date:

Jarqo‘rg‘onda to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. “Safar Qahramon” fermer xo‘jaligi dalasida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminarda fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlariga ekin turini hududning tuproq, iqlim va suv sharoitiga mos tanlashdan tortib, ekish, parvarishlash va hosilni realizatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlar amalda ko‘rsatib berildi.

Tavsiyalar nafaqat asosiy maydonlar, balki bog‘-tok qator oralari, dala chetlari va aholi tomorqalaridan unumli foydalanishga ham qaratildi. Bu esa kuz-qish mavsumida qo‘shimcha hosil yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo IT xaritasini kengaytirmoqda

Toshkentda o‘tayotgan “ICT Week Uzbekistan-2026” xalqaro haftaligida Surxondaryo viloyati...

Sog‘lom hayot sari ildam

Bandixon tumanining “Bandixon” mahallasida nuroniylar va yoshlar ishtirokida 5000...

Ish eshiklari ochildi

Sariosiyo tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi...

Tadorik boshlandi

Jarqo‘rg‘onda to‘qsonbosti usulida sabzavot yetishtirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi....
KunTun
KunTun