Chegarachilar maktabda

Date:

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va sarhadlarni qo‘riqlash jarayoniga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari o‘quvchilarga chegarachilar zimmasidagi vazifalar, xizmatning o‘ziga xos jihatlari va harbiy hayot haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati aks etgan videolavhalar ham namoyish qilindi.

Ayniqsa, harbiy sohani tanlashni rejalashtirayotgan yuqori sinf o‘quvchilariga Termiz shahridagi “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyiga qabul tartibi, undagi shart-sharoitlar va beriladigan imkoniyatlar tushuntirildi.

O‘quvchilar harbiy xizmatchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, xizmat jarayoni va harbiy ta’lim imkoniyatlari haqida bevosita ma’lumot oldi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning harbiy kasb haqidagi tasavvurini kengaytirib, ularda Vatan himoyasi, intizom va mas’uliyat tushunchalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun