Jangovar shaylikdan tafakkurgacha…

Date:

Surxondaryodagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida shaxsiy tarkib uchun ma’rifiy soat va kitobxonlik muloqoti o‘tkazildi.

Harbiy qism kutubxonasida tashkil etilgan uchrashuvda chegarachilar Prezident asarlari, tarixiy va badiiy adabiyotlar, shuningdek, jahon adabiyoti namunalari bilan tanishdi. O‘qilgan asarlar, ulardagi vatanparvarlik, mardlik va halollik kabi g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.

Ayniqsa, yosh harbiy xizmatchilarning badiiy va tarixiy kitoblarga qiziqishi, o‘qigan asarlarini tahlil qilib, taassurotlarini o‘rtoqlashayotgani e’tiborga molik.

Harbiy qism kutubxonasidagi bunday muloqotlar shaxsiy tarkibning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun