3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Date:

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan “Talaba – yugur 2026” ommaviy yugurish marafonining kuzgi mavsumi start oldi.

Marafonda Termiz davlat universitetining faol va sportsevar talabalari ham qatnashib, 3 kilometr masofani bosib o‘tdi. Ular uchun bu shunchaki yugurish emas, balki o‘z imkoniyatlarini sinash, chidamlilik va irodasini namoyon etish maydoniga aylandi.

Marafon davomida talabalar bir-birini qo‘llab-quvvatlab, masofani yakunlash uchun bor kuchini safarbar etdi. Zero, sportda ham, hayotda ham natijaga erishish bir kunda emas, muntazam harakat va qat’iyat bilan keladi.

TerDU yoshlarining bunday ommaviy tadbirlardagi faol ishtiroki tengdoshlarini ham harakatga chorlab, sportni kundalik hayotning bir qismiga aylantirishga undamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun