O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Date:

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi yangi mutaxassislar bilan to‘ldirildi.

Jamoaga xalqaro tajribaga ega fizioterapevt Silvano Kotti hamda sport nutriologi Andrea Iuliano jalb etildi. Kotti faoliyati davomida Italiya va Xitoy terma jamoalari, shuningdek, “Inter”, “Milan”, “Chelsi” va “Roma” klublarida ishlagan.

Iuliano esa avval “Udineze” klubi hamda Shveytsariya yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan.

Yangi mutaxassislar futbolchilarning jismoniy holati, tiklanishi va sport ovqatlanishi yo‘nalishlariga mas’ul bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun