Surxondaryoda kriketga ilk qadam

Date:

Termiz shahridagi sport maktabida Surxondaryoda kriket sport turini joriy etish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kriket federatsiyasi vakillari, terma jamoa sardori va bosh murabbiyi, sport maktabi trenerlari, sportchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Mutaxassislar kriketning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berib, amaliy o‘yin namunalari orqali yoshlarni sport turiga qiziqtirdi.

Uchrashuv yakunida kriketga qiziqish bildirgan yoshlarga sport inventarlari topshirildi. Shuningdek, kriketni Surxondaryoda rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun