Qishning sovug‘i, xavfsizlikning mas’uliyati bor

Date:

Kuz va qish kunlarining yaqinlashishi bilan turar joylarda issiqlikni ta’minlash, xonadonlarda xavfsizlik va salomatlik talablariga qat’iy rioya etish eng dolzarb vazifalardan biriga aylanadi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyatidagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy shaharchasida harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari va oila a’zolari ishtirokida navbatdagi profilaktik tushuntirish va ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Harbiy shaharcha hududida ochiq va samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda mas’ul harbiy xizmatchi tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, xonadonlarda yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga amalg oshirish masalalari batafsil tushuntirib o‘tildi.
Suhbat davomida quyidagi muhim xavfsizlik talablariga alohida e’tibor qaratildi:
Isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish: Xonadonlarda sertifikatlanmagan, qo‘lbola va nosoz isitish pechlari hamda moslamalaridan foydalanmaslik, isitish tizimlarini va mo‘rilar sozligini oldindan ko‘rikdan o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
Elektr va yong‘in xavfsizligi: Elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama bermaslik, nosoz simlar hamda nosoz maishiy texnika vositalaridan foydalanmaslik, xonadan chiqayotganda elektr moslamalarini tarmoqdan uzib qo‘yish lozimligi uqtirildi.
Salomatlik va profilaktika: Salqin va sovuq kunlarda ham ayollarning, ham jajji farzandlarning salomatligiga bee’tibor bo‘lmaslik, mavsumiy mavsumiy shamollash va yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun kiyinish hamda ovqatlanish tartibiga rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida harbiylarning turmush o‘rtoqlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Bu kabi profilaktik va tushuntirish ishlari harbiy shaharchada istiqomat qilayotgan oilalarning xavfsizligini ta’minlashga, isitish mavsumini ko‘ngilsizliklarsiz o‘tkazishga va har bir xonadonda osoyishtalik hamda sog‘lom muhitni saqlashga xizmat qiladi.

Islomjon Muxamadaliyev,
harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun