“Bog‘inav”da 24/7 ko‘cha xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Date:

Denov tumanining “Bog‘inav” mahallasida Mustaqillik ko‘chasi va “Said Otaliq” madrasasigacha bo‘lgan hududni zamonaviy xizmat ko‘rsatish maskaniga aylantirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaga 9,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘i yo‘naltirilib, hududda elektr tarmoqlari, yo‘l va yoritish tizimi, sug‘orish tarmoqlari hamda obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, 2 km salomatlik yo‘lagi, 30 ta zamonaviy o‘rindiq va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi.

Loyiha ishga tushgach, hududda xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lib, 150 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 25 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad shakllanishi va byudjetga 5,3 mlrd so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlanadi. Denov tumani hokimi Anvar Normamatov loyiha doirasidagi ishlarni ko‘zdan kechirib, ularni belgilangan muddat va sifat talablari asosida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun