MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

Date:

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar, ma’naviyat va tarbiya maskanidir. Millatning kelajagi, avlodlar davomiyligi hamda jamiyatdagi ma’naviy-ruhiy barqarorlik aynan oiladagi muhitga va unda shakllanadigan qadriyatlarga bevosita bog‘liq. Shu munosabat bilan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarning birida va harbiy shaharchada “Mustahkam oila — jamiyat ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda davra suhbati o‘tkazildi.
​Tadbirda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, xotin-qizlar kengashi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi. Muloqot chog‘ida harbiylar oilasida o‘zaro hurmat, sadoqat va hamjihatlikni saqlash, xonadonlarda totuvlikni mustahkamlash hamda maishiy muammolarni ma’rifiy va samimiy muloqot yo‘li bilan hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
​Suhbat davomida soha mutaxassislari tomonidan farzand tarbiyasida ota-onalarning shaxsiy namuna bo‘lishi, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy an’analar va odob-axloq mezonlari ruhida kamol topshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va mavqeini oshirish, ularning ijtimoiy-huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda harbiy shaharchadagi oilalarda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
​Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, oilaviy qadriyatlarni e’zozlash borasida o‘zaro fikr almashdilar. Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar harbiylar oilasida totuvlikni yanada mustahkamlashga hamda jamiyatimizda ahillik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Islomjon Muxamadaliyev,
Harbiy xizmatchi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun