“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Date:

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman va shahar bosqichi yakunlanib, Surxondaryo viloyatidan g‘oliblar aniqlandi. Tanlovda hududlardagi pedagoglar o‘zining kasbiy mahorati, bilim va tajribasini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir tuman va shahardan bir nafardan o‘qituvchi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Respublika miqyosida 46 ming nafardan ortiq pedagog qatnashgan tanlovda 208 nafar o‘qituvchi tuman va shahar bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlovning asosiy maqsadi — pedagoglarning kasbiy mahoratini rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhitni kuchaytirish.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun