Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga sayohat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Sayohat davomida harbiy xizmatchilar yurtimiz tarixi, buyuk ajdodlar hayoti va xalqimizning boy milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdi. Tarixiy hujjatlar, suratlar va eksponatlar orqali ajdodlarimizning Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida ma’lumot oldilar.
Tadbirda tarixiy merosni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va Vatan himoyachisi sifatidagi mas’uliyatni chuqur anglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday uchrashuvlar harbiy xizmatchilarning tarixiy bilimlarini boyitish bilan birga, ularda yurtga sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Islomjon Muxamadaliyev,
Harbiy xizmatchi

