Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Oila maskanida nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorgarlik mavzusida suhbat tashkil etildi. Unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Begiboyeva, Oila maskani psixologi M. Xudayberganova hamda tibbiyot xodimi S. Mamashayeva ishtirok etdi.

Suhbatda er-xotin o‘rtasidagi hurmat, ishonch va samimiy muloqot, oilaviy mas’uliyat hamda kelishmovchiliklarni murosa va o‘zaro suhbat orqali hal etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlarga oilaviy budjetni yuritish, kundalik majburiyatlarni hamkorlikda taqsimlash, shaxsiy chegaralarni hurmat qilish va qarindoshlar bilan sog‘lom munosabat o‘rnatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan mutaxassislar fikrlari bildirildi. Tadbir yakunida yoshlarning savollariga javob berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun