AKRAM TUROBOV — RESPUBLIKA G‘OLIBI

Date:

O‘z huquqlarimizni qay darajada bilamiz? Jamiyat hayotida, olib borilayotgan islohotlarda munosabatimiz, ishtirokimiz qanday? Albatta, yoshlarni har tomonlama bilimli, salohiyatli etib tarbiyalashda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni rivojlantirish zaruratdir. Shu maqsadda doimiy ravishda tashkil etib kelinayotgan “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi yoshlarning bilimini, huquqiy madaniyatini qay darajada ekanini ko‘rsatuvchi mezon bo‘lib xizmat qilyapti. O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida 7-13, 14-18, 18-30 yosh toifalarida “Yosh huquqshunos” respublika tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar sinovdan o‘tkazildi. Tan olish kerak, bugungi yoshlarning dunyoqarashi keng, huquqiy madaniyati yuqori. Ularning berilayotgan savollarga zukkolik bilan javob berishlari, erkin munosabat bildirib, fikrlarini asoslab berishlaridan buni anglash mumkin. Ana shunday iqtidorli yoshlar orasida surxondaryolik o‘g‘il-qizlarning ishtiroki e’tirof etarli. Tanlov yakuniga ko‘ra 18-30 yosh toifasida Qumqo‘rg‘on tumani “G‘alaba” mahallasidan ishtirok etgan Akram Turobovning bilimlari pand bermadi. U faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika g‘olibi deb topildi. Tanlov yakunida g‘oliblar O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Ichki ishlar vazirligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun