KO‘P TARMOQLI MARKAZIY POLIKLINIKA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Date:

Surxondaryo bo‘ylab Mustaqillik shodiyonalari davom etayotir. Barchada bayram kayfiyati hukmron. Uzun tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning foydalanishga topshirilgani tuman ahli uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi.

Investitsiya dasturi doirasida tuman tibbiyot birlashmasi hududida qad rostlagan ushbu uch qavatli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasini kapital ta’mirlab, foydalanishga topshirish uchun 4 milliard 462 million so‘m mablag‘ sarflandi. 200 qatnovga mo‘ljallangan tibbiyot muassasasi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlandi.

Ushbu uskunalar kasallikni va uning darajasini erta aniqlashda, samarali davolashda qo‘l keladi. albatta, bunday qulayliklar tuman aholisining dardini aritib, uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun