Hamkorlikning yangi loyihalari sari

Date:

Surxondaryo va Belarusning Mogilyov viloyati o‘rtasidagi hamkorlik yangi amaliy loyihalar bilan boyimoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Mogilyov viloyatiga tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko bilan uchrashuvda agrosanoat, chorvachilik, mebel va yog‘ochsozlik, turizm hamda ijtimoiy sohalardagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mogilyov viloyatida o‘zbek kapitali ishtirokida 14 ta korxona faoliyat yuritayotgani qayd etildi. Shuningdek, delegatsiyaning 10 kunlik tayyorgarlik ishlari natijasida chorvachilik va sanoat yo‘nalishlarida 8 ta yangi loyiha ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

Muloqot yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi va Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi “Mogilevliftmash” va “Rassvet im. K.P. Orlovskogo” korxonalari faoliyati bilan ham tanishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammolar joyida hal

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov “Oqarbuloq” mahallasida aholi bandligini...

O‘zbek alifbosiga o‘zgartirish kiritildi

Senat lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni...

TerDU talabasi kubok g‘olibi

Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston...

Faoliyati yangi mezonlar asosida baholanadi

Sport vaziri Adham Ikramov boshchiligidagi yig‘ilishda vazirlik tizimidagi sport...
KunTun
KunTun