Huquqbuzarlikka qonuniy baho

Date:

Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limida tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda ichki ishlar bo‘limi rahbariyati, sud vakillari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Sayyor sudda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga oid ishlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi. Jarayon davomida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qonuniylik va adolat tamoyillariga rioya etish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bunday sayyor sud majlislari huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va aholining sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun