Yoshlar tanlovi — sog‘lom kelajak

Date:

Bugun yoshlarni zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish muhim vazifalardan biridir. Bu boradagi profilaktik ishlar Termiz tumanida ham izchil davom ettirilmoqda.

“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida tumandagi ta’lim muassasalarida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilib, o‘quvchi-yoshlarga giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyatga salbiy ta’siri tushuntirilmoqda.

Tadbirlar davomida yoshlar sport, ta’lim va foydali mashg‘ulotlarga faol jalb etishga, zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirilmoqda. Mutaxassislar ularni qiziqtirgan savollarga javob berib, giyohvandlikning oldini olishda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyatini ta’kidlamoqda.

Bunday targ‘ibot va profilaktika ishlari yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirib, ularni sog‘lom hayot sari yo‘naltirish hamda zararli illatlarga qarshi mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun