“Sharafobod”da bunyodkorlik ishlari yakunlandi

Date:

Sariosiyo tumanidagi og‘ir toifadagi “Sharafobod” mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yakunlanib, hududning yangicha qiyofasi namoyish etildi. Mahallaning ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, deputatlar, mahalla yettiligi a’zolari, nuroniylar, faollar, yoshlar, quruvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida 1,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi, 2 ta yangi transformator o‘rnatildi. Shuningdek, 130 ta elektr ustuni yangilanib, 5 kilometr SIP yopiq kabel tarmog‘i tortildi. Aholi uchun 1,3 kilometr piyodalar yo‘lagi barpo etilib, 1,2 kilometr ichki ariqlar betonlashtirildi. Amalga oshirilgan ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay sharoit yaratish va hududni obod hamda ko‘rkam maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur bunyodkorliklar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish yo‘lida hududlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun