Xorijda ta’lim — yangi tajriba va imkoniyatlar

Date:

Termiz davlat universitetining 30 nafardan ortiq magistranti qo‘shma ta’lim dasturi doirasida Indoneziya pedagogika universitetida bir yillik tahsilni boshladi. Talabalar yangi o‘quv muhitiga moslashib, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.

Ularni hamkor oliygoh rektori Prof. Didi Sukyadi, universitet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar iliq kutib oldi. Talabalar xorijiy oliygohdagi ta’lim jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Ayni paytda Termiz davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sh. Yodgorov hamda kafedra mudiri J. Alimov tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi akademik loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur ta’lim dasturi talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, xorijiy ta’lim muhitida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yangi akademik imkoniyatlarga ega bo‘lish uchun muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun