Belarus tajribasi asosida…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda hududda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Delegatsiya Mogilyov shahridagi “Mogilyovliftmash” OAJ faoliyati bilan tanishib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari va zamonaviy texnologiyalarini o‘rgandi. Muzokaralarda Surxondaryo viloyatida lift ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya “K.P. Orlovskiy nomidagi Rassvet” OAJning chorvachilik, bog‘dorchilik va issiqxonachilik xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishdi. Korxonada chorvachilik tajribasi, hosildor navlarni mahalliylashtirish hamda resurslardan samarali foydalanish asosida issiqxonachilikni rivojlantirish yo‘nalishlari o‘rganildi.

Korxona rahbariyati bilan muloqotda chorvachilik va bog‘dorchilik sohalarida hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish, yangi navlarni mahalliylashtirish hamda resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur hamkorlik Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun