Sayrobda xalqaro xayriya marafoni o‘tkazildi

Date:

Boysun tumanidagi Sayrob mahallasida “Uzundara” arxeologiya yodgorligini yanada keng targ‘ib etish maqsadida “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafoni start olgani yosh-u keksani bayram arafasida bir yerda jam eta oldi.

Erta tongdan har tomondan tomosha-yu ishtirok etish shashti bilan kelayotgan yoshlarni ko‘rish, kuzatish mumkin. Xalqaro marafonda nafaqat Surxondaryo balki qo‘shni viloyatlardan ham tashrif buyurgan sportchi yoshlar, vakillar ishtirok etishdi.

Qadim tarixga ko‘prik vazifasini o‘tayotgan Uzundara arxeologiya yodgorligi moddiy va madaniy boyligimizdir. Uni o‘rganish, bilish, asrash lozim. Uning qiymatini keng ommaga anglatish maqsadida amalga oshirilgan xayriya marafoni ko‘zlangan maqsadga yetishga xizmat qildi. marafonchilar Uzundaraga boshlovchi buyuk Baqtriya yo‘llaridan o‘tib, finish chizig‘iga yetib borishlari kerak.

Marafonda ishtirok etish ham, tomosha qilish ham kishida bir olam zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ochiq osmon ostida, so‘lim tabiat qo‘ynida yugurishning-da o‘z gashti bor. Marafonchilar oldinga qarab intilar ekan, g‘oliblik sari shahdam qadamlar bilan intildilar. Albatta, yugurish texnikasiga amal qilish, vaqt va masofani bosib o‘tib, g‘alaba sari yetaklashi shubhasiz.
Velomarafon ham ayni shunday his-hayajonga to‘la bo‘ldi. Yakunda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun