“Uyi bor insonning ko‘ngli xotirjam bo‘ladi”

Date:

Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami arafasida Sherobod tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularing oila a’zolari uchun yangi xizmat uylari foydalanishga topshirilgani soha xodimlari va ularning oila a’zolari uchun qo‘shaloq xursandchilik bo‘ldi. Endi ular bayramni yangi uylarida kutib olishadi.

Yangi uylarning kalitini o‘z egalariga topshirish marosimida mahalliy hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, harbiylar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i, polkovnik Po‘latjon Sativaldiyev so‘zga chiqib, keyingi yillarda Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar Milliy armiyamiz nufuzini yuksaltirib, jangovar shayligini yanada oshirishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

O‘z uyi bor insonning ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Ishida unum, hayotida, turmushida baraka bo‘ladi. Yangi uy ostonasidan xatlayotgan xonadon egalarining ko‘zlaridan ana shunday xotirjamligini sezish qiyin emas. vatan himoyachilari va oilarning oila a’zolari uchun harbiy shaharchada foydalanishga topshirilgan har biri 16 xonadondan iborat ikkita uyda ham barcha qulaylik yaratilgan. Xonalar keng va shinam, zarur mebel va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.

Ikki qavatli uylar hovlisida barpo etilgan zamonaviy bolalar o‘yingohida esa bolajonlar ko‘ngildagidek xordiq chiqarishi, vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin. Ha, yaratilgan shart-sharoitlar eng ulug‘, eng aziz bayramimizni yangi uylarda nishonlayotgan harbiylar va ularning oila a’zolariga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun