Chegarachilar matonati sahnalashtirildi

Date:

Termiz shahridagi San’at saroyida viloyat drama teatri aktyorlari ishtirokida “Chegarachi” sahna asari namoyish etildi.

Unda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari va yoshlar ishtirok etdi. Spektaklda Vatan sarhadlarini qo‘riqlash, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash hamda harbiy xizmatning sharafli va mas’uliyatli ekani ta’sirchan sahnalar orqali yoritildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun madaniy hordiqni mazmunli tashkil etish maqsadida teatr tomoshalariga borish an’anaga aylangan.

Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar harbiy oilalarning ma’naviy muhitini boyitish va san’atga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun