Chavandozlarimizga teng keladigani yoʻq

Date:

Ixtisoslashgan va milliy sport turlarini xalqaro maydonda munosib targʻib etib kelayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi nufuzli musobaqada yorqin natijalarni qayd etmoqda.

VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan bahslarda mamlakatimiz chavandozlari ustunlikni oʻz qoʻllariga olishdi. Xususan, vakillarimiz koʻk boʻri musobaqasida AQSh jamoasini 16:6 hisobida magʻlub etgan boʻlsa, koʻpkari yoʻnalishida Mўgʻuliston terma jamoasi ustidan 12:1 hisobidagi yirik va ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Ushbu gʻalabalar oʻzbek chavandozlik maktabining yuksak salohiyati va sportchilarimizning xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik koʻrganidan dalolat beradi. Bunday muvaffaqiyatlar terma jamoamizning umumiy hisobdagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun