Hududlarni obod qilish, tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratish va aholi uchun zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar Boysun tumanining Omonxona qishlog‘ida izchil davom etmoqda. Joriy yilda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning qishloqqa tashrifi chog‘ida obodonlashtirish, noqonuniy savdo nuqtalarini tartibga solish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yo‘l va aloqa tarmoqlarini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida noqonuniy savdo nuqtalarini tartibga solish hamda tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi ikki qavatli savdo majmuasi barpo etildi. Majmuaning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi, mahalla faollari, nuroniylar, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi savdo majmuasi Omonxonaning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

