“Yangiyer”da infratuzilma yangilandi

Date:

Mahallalarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar Surxondaryoda izchil davom etmoqda.

Prezidentimizning 2025-yil 10-sentyabrdagi PQ-298-son qarori asosida og‘ir toifadagi mahallalarda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni shakllantirishga qaratilgan dastur doirasida Qumqo‘rg‘on tumanidagi Yangiyer mahallasida qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi.

Jumladan, 5,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlanib, 400 metr piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 6,1 kilometr yangi tarmoq tortilib, 194 ta beton ustun va 2 ta transformator punkti o‘rnatildi. Mahallada tungi yoritish tizimi ham yo‘lga qo‘yildi.

Loyihalarning foydalanishga topshirilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla ahlini Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan tabrikladi.

Tadbirda aholi va nuroniylar yaratilgan qulayliklardan mamnunligini bildirib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining amaliy samarasini ta’kidladilar.

Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumanining yana 7 ta mahallasida infratuzilma va obodonlashtirish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlab, obyektlarni aholi foydalanishiga topshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun