Mahallalarni obod qilish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi bunyodkorlik ishlari Oltinsoy tumanida ham izchil davom etmoqda.
Xususan, “Yangiqurilish” mahallasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha doirasida hudud infratuzilmasi yaxshilanib, ko‘chalar obodonlashtirildi, mahallaning zamonaviy va ko‘rkam qiyofasi yaratildi. Natijada aholi uchun yanada qulay yashash muhiti shakllandi.
Tadbirda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, mas’ullar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangilangan “Yangiqurilish” mahallasi — obod ko‘chalar, zamonaviy infratuzilma va aholi farovonligi yo‘lidagi amaliy ishlarning yorqin ifodasidir.

