Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan yosh dizaynerlar o‘rtasida “Moda yo‘li” Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘z ijodiy kolleksiyalari bilan munosib ishtirok etgan Termiz davlat universitetining iqtidorli talabalari faxrli natija ko‘rsatib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

